O'zbekistondagi rasmiy BYD dilerlik tarmog'i

globe
UZ
RU

4,8 с

100 km/soatgacha tezlanish

1060 kmgacha

Yurish zahirasi

Narxlar ro'yxat
Dizayn
Kafolat
Eksteryer
Interyer
Texnologiyalar

O'zingizga mos BYDni tanlang

Foydalanish qo'llanmasi
BYD TI 7
BYD TI 7
BYD TI 7
BYD TI 7
BYD TI 7
BYD TI 7

Har qanday relyefda yuqori o‘tuvchanlik

Har qanday relyefda yuqori o‘tuvchanlik

24° kirish burchagi, 25° chiqish burchagi, 60% maksimal yengib o‘tiladigan qiyalik va 600 mm suv to‘sig‘ini kechib o‘tish chuqurligi avtomobilga turli relyeflarni oson yengib o‘tish imkonini beradi.

BYD TI 7 0–100 km/soatgacha 4,8 soniyada tezlanish

0–100 km/soatgacha 4,8 soniyada tezlanish

Kuchli elektr yuritma 0–100 km/soatgacha atigi 4,8 soniyada tezlanishni ta’minlab, hayajonli va chaqqon start imkonini beradi.
BYD TI 7 Yuqori tezlikda shina yorilganda barqarorlik tizimi — millisekundlarda himoya

Yuqori tezlikda shina yorilganda barqarorlik tizimi — millisekundlarda himoya

Shina yorilganda tizim millisekundlar ichida avtomobil traektoriyasini to‘g‘rilab, yon tomonga og‘ish va orqa qismning sirpanib ketishining oldini oladi, natijada harakat yanada xavfsiz va boshqariladigan bo‘ladi.
BYD TI 7 V2L

V2L

Ti 7 Vehicle-to-Load (V2L) texnologiyasi orqali ochiq havodagi hayot tarzingizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu texnologiya avtomobilni mobil elektr manbaiga aylantirib, qahva mashinalari va chiroqlardan tortib bir nechta qurilmani bir vaqtning o‘zida quvvatlantirish imkonini beradi. Yagona cheklov — tasavvuringiz.
BYD TI 7 Stellar Ark dizayn tili asosida yaratilgan ushbu model shahar sharoitida foydalanish uchun takomilla

Stellar Ark dizayn tili asosida yaratilgan ushbu model shahar sharoitida foydalanish uchun takomilla

Yassi geometrik shakllarga asoslangan lakonik dizayn, salobatli va kvadrat shakliga yaqin kuzov silueti, mutanosib kuzov proporsiyalari hamda barqaror tashqi ko‘rinish avtomobilning kuchli xarakterini aks ettiradi.
BYD TI 7 Kuzov rangi va interyerni individuallashtirish

Kuzov rangi va interyerni individuallashtirish

6 ta kuzov rangi va interyer bezagining 3 ta premium konsepsiyasidan birini tanlab, o‘zingizga xos uslub yarating.
Qulaylik uchun yaratilgan

Qulaylik uchun yaratilgan

O‘rindiqlar, ko‘zgular, rul chambaragi va muzdan tushirish funksiyasini qamrab olgan to‘liq isitish paketi qattiq qish sharoitlarida ham qulaylikni ta’minlaydi; o‘rindiqlarni massaj qilish va ventilyatsiya funksiyalari esa yil davomida qulaylik yaratadi.

BYD TI 7 Avtomobil sovutgichi (sovutish va isitish)

Avtomobil sovutgichi (sovutish va isitish)

Sovutish va isitish rejimlarini qo‘llab-quvvatlovchi avtomobil sovutgichi istalgan vaqtda va istalgan joyda ichimliklarni optimal haroratda saqlash imkonini beradi.
BYD TI 7 Intellektual boshqaruv

Intellektual boshqaruv

10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli, 15,6 dyuymli aqlli sensorli ekran va Head-Up Display (HUD) muhim haydash ma’lumotlarini bir qarashda taqdim etib, diqqatni yo‘lga qaratishga yordam beradi hamda avtomobilni yanada xavfsiz va qulay boshqarishni ta’minlaydi.
BYD TI 7 To‘rt zonali ovozli boshqaruv

To‘rt zonali ovozli boshqaruv

Old va orqa qatordagi yo‘lovchilar mustaqil ovozli buyruqlar berishi mumkin, bu o‘zaro xalaqitni kamaytirib, intellektual kokpitdan foydalanishni yanada shaxsiylashtiradi.
BYD TI 7 Keng salon

Keng salon

2 920 mm g‘ildirak bazasi, 4,9 m² ichki makon va 1,36 m salon balandligi Ti 7 modelida har bir safar uchun keng va qulay salonni ta’minlaydi.
BYD TI 7 Keng saqlash imkoniyatlari

Keng saqlash imkoniyatlari

890 litrli yukxona va 32,5 litrli qo‘shimcha saqlash bo‘limi, jami qariyb 1 000 litr hajmdagi keng makon oilaviy safarlar uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni bemalol joylashtirish imkonini beradi.
BYD TI 7 Ikkita 50 Vt simsiz tezkor quvvatlash zonasi

Ikkita 50 Vt simsiz tezkor quvvatlash zonasi

Integratsiyalashgan sovitish tizimiga ega, 50 Vtgacha quvvatni qo‘llab-quvvatlovchi simsiz zaryadlash yo‘lda tezkor, barqaror va qulay quvvat olish imkonini beradi.

BYD Blade akkumulyatori

BYD 27 yildan ortiq vaqt davomida akkumulyator ishlab chiqarish sohasida novator bo'lib keladi. Bizning eng yangi Blade batareyamiz qat’iy sharoitlarda bir qator ekstremal sinovlardan o'tdi, bu uni dunyodagi eng xavfsiz batareyalardan biriga aylantirdi.

BYD Blade akkumulyatori
BYD TI 7 Yuqori darajadagi xavfsizlik

Yuqori darajadagi xavfsizlik

Xom ashyo - lityum temir fosfat bir qator foydali xususiyatlarga ega: asta-sekinlik bilan issiqlikning hosil bo'lishi, past darajada issiqlik tarqalishi va kislorodning ajralib chiqmasligi. Yassi to'rtburchak shaklidagi noyob shakli sovutish va oldindan isitish samaradorligini ham oshiradi. Blade batareyasi yong'in yoki tutun chiqarmasdan mix kirishiga sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan.
BYD TI 7 Harakatlanishning kattalashtirilgan radiusi

Harakatlanishning kattalashtirilgan radiusi

An'anaviy akkumulayator bloklariga qaraganda, Blade batareyasi egallagan maydon 50% dan ko'proqqa kattalashtirilgan, bu esa yuqori energiya zichligi va harakatlanishning katta uzoqlikdagi masofasini ta’minlaydi.
BYD TI 7 Mix kirishiga sinovdan o’tkazish

Mix kirishiga sinovdan o’tkazish

Mixning kirishiga sinovdan o’tkazish batareyalarning issiqlikdan zaryadsizlanishini tekshirishning eng qat’iy usullaridan biri hisoblanadi. Maqsad - batareyada ichki qisqa tutashuvni imitatsiya qilishdir. Bu, odatda, jiddiy yo'l-transport hodisasi paytida batareyaga tashqi o'tkir metall buyumlar kirishi natijasida yuzaga keladi. Blade batareyasi tutun yoki olov chiqarmasdan mixning kirishiga sinovdan o'tgan. Sirt harorati faqatgina 30-60°C ga yetgan xolos.
BYD TI 7 Ancha uzoq xizmat qilish muddati

Ancha uzoq xizmat qilish muddati

Blade Battery batareyasi uzoq xizmat qilish muddatiga ega - 5000 dan ortiq zaryadlash va zaryadsizlantirish sikllari.
BYD TI 7 Yarim o`tkazgichli SiC MOSFETS texnologiyasi

Yarim o`tkazgichli SiC MOSFETS texnologiyasi

Aerokosmik sinfi materialidan (alyuminiy-kremniy karbid) foydalangan holda, yuqori darajada integratsiyalangan SiC moduli elektr dvigatelining FIK-ni optimallashtiradi va shuning uchun avtomashinaning yurish zaxirasini ko’paytiradi.
BYD TI 7 Optimallashtirilgan mustahkamlik

Optimallashtirilgan mustahkamlik

Bitta qadoqdagi massiv ko’rinishida joylashtirilgan har bir katak (yacheyka) kuchli ta’sirga qarshi bardosh berishga yordam beradigan tuzilmaviy to’sin bo'lib xizmat qiladi. Blokning yuqori va pastki qismida yuqori darajada mustahkam panellarga ega bo'lgan ari uyasiga o'xshash alyuminiydan tayyorlangan tuzilmasi vertikal yo’nalishda qattiqlikni sezilarli darajada oshiradi. Aynan shu inqilobiy dizayn Blade batareyasini optimal mustahkamlik bilan ta’minlaydi.
BYD TI 7 Standart butlovda yuqori samarali issiqlik nasosi tizimi

Standart butlovda yuqori samarali issiqlik nasosi tizimi

Ilg'or energiya tejovchi issiqlik nasosi tizimi standart butlovga kiritilgan. Keng harorat oralig'ida ishonchli bo'lgan tizim atrof-muhit, transmissiya, yo'lovchilar saloni va hatto batareyalarning qoldiq issiqligidan samarali foydalanish uchun mo'ljallangan. Bu issiqlik samaradorligini oshiradi va isitish yoki sovutish paytida energiya yo'qotishlarini kamaytiradi.

DM 5.0 gibrid tizimi

1,5T gibrid dvigatel va ikki motorli AWD to‘liq yuritma tizimi har qanday harakatlanish sharoitida kuchli va tezkor dinamikani ta’minlaydi.

DM 5.0 gibrid tizimi
BYD TI 7 360° panoramali va «shaffof kuzov» ko‘rinishi

360° panoramali va «shaffof kuzov» ko‘rinishi

To‘rtta ultra-keng burchakli kamera uzluksiz yuqoridan ko‘rinish hamda virtual «shaffof kuzov» ko‘rinishini ta’minlaydi; avtomobil atrofidagi va uning ostidagi vaziyatni to‘liq ko‘rish imkoniyati xavfsizroq parkovka va ishonchliroq harakatlanishga yordam beradi.
BYD TI 7 Smartfondagi NFC raqamli kaliti

Smartfondagi NFC raqamli kaliti

Smartfon orqali NFC yordamida avtomobilni xavfsiz qulflash, qulfdan chiqarish va ishga tushirish mumkin. Hatto internetga ulanmasdan ham istalgan vaqtda qulay foydalaning.